“UzAutoMotors”ga qarshi ochilgan ish ko‘rib chiqilmoqda

“UzAutoMotors”ga qarshi ochilgan ish ko‘rib chiqilmoqda

“UzAutoMotors” AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan avtomobillar tannarxi va narx qo‘llanishi asosliligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan vakolat doirasida tekshiruv o‘tkazilgan.
 
Ayni paytda ushbu tekshiruv natijalari bo‘yicha videokonferens aloqa rejimida “UzAutoMotors” AJ tomonidan qonun talablari buzilishi, avtomobil narxlarini shakllantirishda monopol yuqori narx qo‘llanishi alomatlari aniqlanganligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

"Jarayonni kuzatib bormoqdamiz. Ko‘ramiz", deb yozadi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!