Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi

Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

1-iyun holatiga talabalar bilan 70,5 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 107 672 nafarni tashkil etdi.

Uy-joylarini talabalarga ijaraga berganligi uchun jismoniy shaxslar 34,2 mlrd so‘mdan ortiq daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan.

❗️Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!