Urganchda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi

Urganchda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urganch shahridagi “P.B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.SH. va norasmiy ishchisi X.X.lar 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirib, har birini 3-3,5 mln so‘mdan jami 106,2 mln so‘m va 200 AQSh dollariga sotib, pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!