UFC 303. Aleks Pereyra 2-raundda Irji Proxazkani texnik nokautga uchratdi

UFC 303. Aleks Pereyra 2-raundda Irji Proxazkani texnik nokautga uchratdi

Las-Vegasda UFC 303 turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi yarim og‘ir vazn toifasida vakillari Aleks Pereyra va Irji Proxazka o‘rtasida kechdi.

Pereyra 2-raund boshida Irjini texnik nokautga uchratdi.

Qayd etib o‘tish joiz, bu ikkala jangchi o‘rtasidagi ikkinchi jang hisoblanadi. 2023 yilning noyabrida Aleks aynan Proxazkani mag‘lub etib, yarim og‘ir vazn toifasidagi kamarni qo‘lga kiritgan edi.

Yana bir asosiy jangda Den Ige (18-8) Diego Lopesga (25-6) ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Turnirning boshqa janglari natijalari:

  • Entoni Smit (38-20) Roman Dolidzega (13-3) hakamlar qarori evaziga mag‘lub bo‘ldi;
  • Mayra Bueno Silva (10-4-1) Meysi Chiassonga (10-3) texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchradi;
  • Ien Gerro (15-0) Maykl Peyj (22-3) ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!