Toyota AQShda 145 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib oladi

Toyota AQShda 145 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib oladi

Toyota AQShda yon xavfsizlik yostiqchalari noto‘g‘ri ochilgani uchun 145 254ta avtomobilni chaqirib oladi.

To‘qnashuv sodir bo‘lganda, yon havo yostig‘i yo‘lovchini avtomobildan chiqarib yuborishning oldini olishga yordam beradigan to‘siq hosil qiladi.

Biroq, AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ta’kidlashicha, ba’zi “Toyota” avtomobillarida haydovchining xavfsizlik yostig‘i mo‘ljallangan tarzda ochilmasligi va qisman ochiq oynadan tashqarida ochilishi mumkin.

Qaytarib olish “Toyota Grand Highlander”, “Grand Highlander Hybrid”, “Lexus TX350”, “TX500 Hybrid” va “TX550 Hybrid+” kabi 2024-yilda ishlab chiqarilgan ba’zi yo‘ltanlamas va gibrid modellarni o‘z ichiga oladi.

Aprel oyida “Toyota” Yaponiyaning “Tsutsumi” zavodida ishlab chiqarilgan 135 305 dona “Prius” avtomobilini qaytarib olish tartibini joriy qilgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga orqa eshik tutqichlaridagi nuqson sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!