Turkiyaning bosh muxolifatchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

Turkiyaning bosh muxolifatchisi noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

Turkiyadagi Respublika xalq partiyasi lideri Kemal Qilichtaro‘g‘lu Anqarada vafot etgan zobitning janozasida qatnashayotganida noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi.

Xabarda aytilishicha, muxolifat lideri xavfsizlik kuchlari tomonidan voqea sodir etilgan joydan uzoqda bo‘lmagan bir uyga olib kirilgan va u kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda. Anqara polisiyasi muxolifatchilarni kaltaklaganlarni qidirmoqda.

Respublika xalq partiyasi Turkiyadagi asosiy muxolifat hisoblanadi. Kemal Qilichtaro‘g‘lu bu partiyani 2010 yildan beri boshqarib keladi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!