Turkiya fuqarosi bo‘lgan 4 ming yahudiy G‘azoga borib, begunoh falastinliklarni qirg‘in qilishda qatnashgan

Turkiya fuqarosi bo‘lgan 4 ming yahudiy  G‘azoga borib, begunoh falastinliklarni qirg‘in qilishda qatnashgan

Turkiya Isroildagi urushda qatnashayotgan mamlakat pasportiga ega barcha yahudiylarni fuqarolikdan mahrum etishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi sunniy kurdlar partiyasi HÜDA-PAR tomonidan parlamentga taqdim etildi.

Türkiye Gazetesi nashrining yozishicha, 7 oktyabrdan buyon G‘azoda 38 ming begunoh falastinliklarning qonini to‘kkan sionist askarlarining 4 ming nafari turk pasportiga ega ekani aniqlangan. Ulardan 400 nafari Turkiyadan ketgani ma’lum bo‘ldi. Isroilda Turkiya pasportiga ega 250 ming kishi yashaydi. Turkiyaning o‘zida esa ikki davlat fuqarolari bo‘lgan 20 mingga yaqin yahudiy istiqomat qiladi. Ayni paytda ular Isroil uchun harbiy xizmat qilmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyalik 4 ming sionist nafaqat Isroilda harbiy xizmatni o‘tagan, balki G‘azoga borib, falastinliklarga nisbatan genosidda bevosita ishtirok etgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, ularning aksariyati ishg‘olchi davlatga Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali o‘tgan. Qotillar o‘zlarining nomini oshkor qilmaslik uchun turli ismlardan foydalangan. Do‘stlar uyushmasi, CHABAT va Isroildagi Turk xalqlari ittifoqi ushbu jarayonda faol ishtirok etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoda 7 oktyabrdan beri kamida 65 nafar Turkiya fuqarosi o‘ldirilgan hamda 110 nafari jarohatlangan.

Isroilda 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro majburiy harbiy xizmatga tortiladi. 1950 yilda Isroilda qabul qilingan qonunga binoan butun dunyodagi yahudiylar avtomatik ravishda Isroil fuqaroligini oladi. Do‘stlar uyushmasi Turkiyada yashovchi yahudiylarning Isroilga olib ketilishi va harbiy xizmatga jalb etilishi uchun jadal ishlayapti. Boshlang‘ich maktabdan boshlab sionizm uchun qo‘riqchilar tayyorlaydigan uyushma Turkiyani tark etadiganlarga moliyaviy yordam va Isroilda yashash uchun keng imkoniyatlarni va’da qiladi.

Turkiyada yashayotganlar esa Isroil tomonida turib, musulmonlarni qirg‘in qilishdan tap tortmayapti. Turk pasportiga ega to‘rt mingga yaqin yahudiy G‘azoda to‘qqiz oydan beri davom etayotgan urush jinoyatlarida qatnashyapti. Bu raqam zaxiradagi askarlar va ko‘ngillilarni hisobga olganda 10 mingdan ham oshadi. Turkiyani tark etgan va Isroilda yashovchi yahudiylarning ro‘yxati Tel-Avivda joylashgan Turk xalqlari ittifoqi deb nomlangan uyushmada mavjud. Ayni paytgacha assosiasiyaning 120 mingdan ortiq rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan a’zosi bor. CHABAT deb nomlangan sionistik tashkilot esa Isroildan tashqarida yashovchi yahudiylarni topish va ularni ishontirishni o‘z zimmasiga oladi.

Nashrning yozishicha, Isroilning "Temir gumbaz" tizimiga mas’ul generalning ham Turkiya fuqarosi ekanligi aniqlangan. Isroilda yashovchi va Turkiya fuqaroligini olganlarning asosiy markazi Tel-Avivdagi Batyam tumanidir. Hududda turkcha uslubdagi restoranlar va qahvaxonalar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!