Trampning raqibi yana unga tosh otdi: "AQShni yakkalab qo‘ydi"

Trampning raqibi yana unga tosh otdi: "AQShni yakkalab qo‘ydi"

Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Trampning Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpindan jamoatchilik ishonchi reytingida orqada qolishidan g‘azablanishini bildirdi. Bu haqda u ABC telekanalida saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp AQShni dunyo miqyosida ancha yakkalab, har qachongidan ham kuchsizroq qilib qo‘ydi.

"Eron endi har qachongidan ham yadro quroliga yaqinlashdi, Shimoliy Koreyada ko‘proq bomba va raketalar bor, bizning NATOdagi ittifoqchilarimiz endi bizga ishonib bo‘lmasligini ochiq aytmoqdalar", deb tushuntirdi demokrat.

Bundan tashqari, Oq uyning hozirgi rahbari mamlakatni bir qator muhim xalqaro tashkilotlar yoki shartnomalardan chiqarib yubordi.

Shu bilan birga, davlat rahbari lavozimiga nomzod arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi munosabati bilan Yaqin Sharqdagi yutuqlari uchun raqibini maqtadi.

Ma’lumot uchun, ishonchlilik reytingida kuchli uchlikka Germaniya kansleri Angela Merkel (76 foiz), Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron (64 foiz) va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson (48 foiz) kirdi. Putinning xalqaro siyosatiga ishonishini respondentlarning 23 foizi ma’lum qildi, u to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Si Szinpinga 19 foiz fuqarolar, Trampga 16 foiz odam ishonishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!