Toshkentdagi omborxonani o‘margan qorovul va uning sherigi ushlandi

Toshkentdagi omborxonani o‘margan qorovul va uning sherigi ushlandi

Shu yil 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Apollo Farm Trayd xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza o‘rnida bo‘lgan gipsokarton devorini buzib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, u yerdan Mirzo Ulug‘bek tumani Zulayxo ko‘chasida yashovchi SH.I.ga tegishli 800 dona Trimetazidin digidroxlorid nomli dori vositalarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Zomin tumani Baxt mahallasida yashovchi, yuqoridagi xususiy korxona qorovuli M.O‘. va Ulug‘bek MFY Xorazmiy ko‘chasida yashovchi I.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!