Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi

Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi

Qayd etilishicha, 1 iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 22 yoshli J.P. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 35 yoshli A.X. boshqaruvidagi elektroskuter transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida skuter haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Andijon viloyatining Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Toshkent viloyatida yuk mashinasi 4 ta avtomobilni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Poytaxt IIBBga ko‘ra, 2024 yilning besh oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!