Toshkentda ikkita talonchi qo‘lga olindi

Toshkentda ikkita talonchi qo‘lga olindi

2019 yil 7 yanvar kuni 2 noma’lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida fuqaro V.Z.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 100 000 so‘m puli va RedMi mobil telefonini olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirobod tumanida yashovchi O.T. va Yashnobod tumanida yashovchi M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!