Toshkent viloyati hokimi telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 mln so‘m topshirdi

Toshkent viloyati hokimi telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 mln so‘m topshirdi

Zoir Mirzayevning telefonlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusi Angren shahridagi 2 ta maktabda amalga oshirilgan edi.

Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatda "Telefonsiz maktab" tashabbusini ilgari surib, o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusi Angren shahridagi ikkita – 13 va 17-sonli umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, dars vaqtida o‘quvchilarning telefonlari saqlanadigan shkaflari alifbo tartibida raqamlangan.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 mln so‘m pul mukofotini topshirdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!