Toshkent shahar IIBB: biznesmenning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni sud tekshiradi

Toshkent shahar IIBB: biznesmenning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni sud tekshiradi

Toshkent shahar IIBB muassasa xodimlari 22 yanvar kuni narkotiklar saqlaganlik uchun qo‘lga olingan «Integral-invest» qo‘shma korxonasi direktori o‘rinbosari biznesmen Jahongir Umarovni qiynoqqa solgani haqida xabar bergan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish alyansining ma’lumotlarini izohladi, deb yozadi «Gazeta.uz».

IIBB o‘z xabarida huquq muhofazachilari tomonidan keltirilgan dalil va xulosalar shoshmashosharlik bilan chop etilganini aytib, fuqarolar va OAV xodimlaridan voqeani noto‘g‘ri talqin qilmaslik, sud jarayonlari yakuniga yetgunga qadar xulosa chiqarishga shoshilmaslikni so‘rab qoldi.

«Qo‘lga olish vaqtida Umarov tanasida gematoma alomatlari avvaldan bo‘lgan. Bu haqda uning o‘zi bayonnoma tuzish vaqtida tan olgan», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, J.Umarovga tegishli barcha dalillar sud organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 22 yanvar kuni J.Umarovning ofisida olib borilgan tezkor tadbir natijasida uning yonidan 10,22 gramm miqdorda «afyun» giyohvand moddasi topilgan. Ushbu holat yuzasidan J.Umarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ko‘p miqdorda sodir etilsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!