Toni Kroos "Bavariya"ga qaytishni rad etdi

Toni Kroos "Bavariya"ga qaytishni rad etdi

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini "Bavariya"da davom ettirmoqchi emas, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Nashrning yozishicha, nemislar joriy mavsum yakunida Kroos bilan shartnoma imzolashni xohlashadi, biroq u myunxenliklardan voz kechishga qaror qilgan. Avvalroq OAV futbolchi madridliklar bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.

Xabar qilinishicha, "Manchester Siti" 32 yoshli germaniyalik futbolchiga yiliga 14 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan.

Kroos 2014 yilning iyul oyida "Real Madrid"ga kelib qo‘shilgan va jamoa safida 383 o‘yinda maydonga tushib, 26 gol urgan hamda 87 golga assistentlik qilgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!