Tong tabassumi!.. (14-qism)

Tong tabassumi!.. (14-qism)

Ayol dugonasidan so‘radi:

— Hech ering seni begona erkak bilan tutib olganmi?

— Yo‘q, faqat do‘stlari, qarindoshlari bilan tutib olgan.

 

* * *

 

Do‘konga bir erkak kirib sotuvchidan so‘radi:

— Manavi velosiped g‘alati ekan. Buning nima karomati bor?

— Bu velosiped-tandem deb nomlanadi. Xotiningiz bilan birga xohlagan joyga ketaverishingiz mumkin.

— Mening xotinim velosiped haydashni bilmaydi.

— Ayni muddao. Orqa o‘rindiqda o‘tirib, pedalni aylantirib ketsa bo‘ldi. Rulni siz boshqarasiz.

— Zo‘r ekan. Menga qarang, mana shu oldindagi pedallarni yechib tashlasa bo‘lmaydimi?

 

* * *

 

O‘t o‘chiruvchining xotini eriga baqirdi:

— To‘ydan oldin «Senga ovqatniyam, choyniyam, qahvaniyam yotgan yeringga keltirib beraman!» deb va’da qilgandingiz! Men ahmoq ularni shlangda keltirishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman!

 

* * *

 

Jon berayotgan er xotinidan so‘radi:

— So‘nggi iltimosimni aytsam, ado etasanmi?

— Albatta.

— O‘lganimdan so‘ng olti oy o‘tib sinfdoshim Toshmatga turmushga chiqasan.

— IYE, uni ko‘rishga ko‘zingiz yo‘q edi-ku!

— Ha, hozir ham uni jinimdan yomon ko‘raman


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!