«Tolibon» Pokiston samolyoti Kobuldan maxfiy hujjatlar olib ketgani haqidagi xabarni rad etdi

«Tolibon» Pokiston  samolyoti Kobuldan maxfiy hujjatlar olib ketgani haqidagi xabarni rad etdi

Aytilishicha, Pokiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun samolyot yuborgan. Shundan so‘ng bu samolyot ortga maxfiy hujjatlarni olib qaytgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. «Bu — targ‘ibot. Pokiston samolyotlari Qandahor, Balx va Kobulga yordam yetkazib berib, ortga bo‘sh qaytdi», deyilgan harakat bildirgan munosabatda.

«Tolibon» harakati hukumat kuchlariga qarshi hujumini kuchaytirib, 15 avgustda Kobulga kirgan va 16 avgustda urush tugaganini e’lon qilgan. 31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi 20 yillik harbiy missiyasini tugatgan. 6 sentyabr kuni «Tolibon» harakati Afg‘onistonning taslim bo‘lmagan oxirgi viloyati Panjsherni o‘z nazoratiga olganini e’lon qilgan. 7 sentyabr kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumatining tarkibi e’lon qilingan.

https://ria.ru/20210910/afganistan-1749541473.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!