Tojikiston mingdan ortiq afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qildi

Tojikiston mingdan ortiq afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qildi

Afg‘onistonning Badaxshonidan Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatiga qochib kelgan 1000 dan ortiq qochoqlar xavfsiz joylarda joylashtirilgan. Viloyat rahbari matbuot kotibi G‘olib Niyatbekovning "Asia-Plus" ga aytishicha, qochqinlarning asosiy qismini ayollar, bolalar va qariyalar tashkil etadi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan Niyatbekov qochqinlarning qayerdaligini aniq aytmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nodavlat tashkilotlar afg‘on qochqinlarini qabul qilgani uchun Tojikiston hukumatiga minnatdorchilik bildirmoqda.

Qochqinlar aynan qachon chegarani kesib o‘tgani haqida xabar berilmagan, ammo bu katta ehtimol bilan 4-5 iyul kunlari, Afg‘onistonning Badaxshon viloyatining 6 tumani Tolibon tomonidan qo‘lga olinganda sodir bo‘lgan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan G‘AO hokimiyati afg‘on qochqinlarining aniq sonini hali e’lon qilmadi. Bungacha faqat harbiy qochqinlar haqida xabar berilgan edi va fuqarolik qochqinlari haqida birinchi marta xabar qilinmoqda.

Avvalroq, viloyat rahbari Yodgor Fayzov "Afg‘onistondagi vaziyat bizni ichki barqarorlikni ta’minlashga, davlat chegarasi buzilishi mumkin bo‘lgan taqdirda, zaminimizni muhofaza qilishga va javob choralarini ko‘rishga chorlaydi" deb aytgan edi. U, shuningdek, majburiy qochqinlar haqida ogohlantirdi.

5 iyul kuni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati majburiy chekinish natijasida 1037 nafar afg‘on armiyasining askarlari Tojikiston chegarasini kesib o‘tganligini xabar qildi. Ilgari o‘tkazilganlarni hisobga olgan holda, ularning Tojikiston hududidagi umumiy soni qariyb 1500 kishiga ko‘paygan.

Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda boshpana topgan afg‘on askarlari aslida ko‘proq bo‘lgan va 2300 kishi allaqachon mamlakatga qaytarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!