"Time" jurnali ilk bor "Yil bolasi" nominasiyasini e’lon qildi

"Time" jurnali ilk bor "Yil bolasi" nominasiyasini e’lon qildi

"Time" jurnali 15 yoshli yuqori texnologiyalar tadqiqotchisi Gatanjali Raoni "Yil bolasi" deb e’lon qildi.

Jurnal Raoni Nickelodeon telekanali bilan hamkorlikda AQShdagi 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 5000 nafar bolalar orasidan tanlab oldi.

Maxsus tuzilgan komissiya bu yil beshta finalchini tanlab oldi. Ushbu bolalar "inqirozga uchraganlar uchun oziq-ovqat ko‘tarishdi, nogiron bolalar uchun o‘yinchoqlar ishlab chiqarishdi va irqiy adolat to‘g‘risida gapira boshlashdi”.

Biroq Rao erishgan yutuqlar barchada eng katta taassurot qoldirdi: "Rao nafaqat ilmiy vositalarni - masalan, sun’iy intellekt va uglerod nanotubalarini sezish texnologiyalari bilan shug‘ullanadi - balki ularni kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda foydalanadi, masalan, Internetdagi bezorilik va suvning ifloslanishi"

Besh finalchining har biriga pul mukofoti beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!