Nurimon Abulhasan “Saxovat”dek guruh rahbarlarini qiyomatda og‘ir savol-javob kutishini aytdi

Avvalroq, Telegram messenjeri orqali o‘z faoliyatini olib borib, ikki yil ichida ko‘plab xayrli ishlari bilan tilgan tushgan “Saxovat” guruhining faoliyati to‘xtatilgani, ular “Mehrli qo‘llar” fondi qoshida faoliyatini qayta tashkil etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan “Qalampir.uz” bilan suhbatda mazkur masalaga aniqlik kiritib, guruh faoliyati, unga davlat tomonidan berilgan takliflarga to‘xtaldi.

“Saxovat”ning saxovatiga davlat to‘siq bo‘ldimi? Yoxud“Saxovat” guruhining faoliyati to‘xtatildi

Bundan ikki yil avval Toshkentda “Saxovat” nomli ko‘ngillilar guruhiga norasmiy ravishda asos solingan edi.