Eron yangi reaktor qurilishini e’lon qildi

Eron yangi reaktor qurilishini e’lon qildi

Eron Atom energiyasi tashkiloti direktori Muhammad Eslamiyning aytishicha, mamlakat janubi-g‘arbidagi yangi Karun atom elektr stansiyasida birinchi reaktor qurilishi 2024 yilning kuzida boshlanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzda yangi atom elektr stansiyasi energiya bloki konstruksiyalari majmuasi poydevori uchun birinchi beton quyiladi. Rejalashtirilgan quvvati 300 megavatt.

Muhammad Eslamiy, Karun atom elektr stansiyasi loyihasining monarxiya davriga borib taqalishini, stansiya fransuzlar tomonidan qurilishi kerak bo‘lganini, biroq Islom inqilobidan keyin Fransiya loyihadan voz kechganini aytdi.

Eron 2041 yilgacha janubiy qirg‘oqlarida beshta atom elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!