Turon xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmi g‘olib bo‘ldi

Turon xalqaro kinofestivalida o‘zbek filmi g‘olib bo‘ldi

Turkiyaning Izmir shahrida 2–3 may kunlari Turon xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan Eldor Qudratillayev «Dunyo va men» hamda Dmitriy Lebedev «Uzum ta’mi» nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Dmitriy Lebedevning «Uzum ta’mi» nomli filmi «Eng yaxshi qisqa metrajli film» deb topildi. Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov «Kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi.

Festivalda turkiy xalqlar kino ijodkorlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon va Fransiya, Vengriyadan nomzodlar qatnashdi.

Ma’lumot uchun, «Uzum ta’mi» filmida rollarni taniqli aktyor Farhod Mahmudov nomidagi kinoustaxona aktyorlari Dilyor Fozilov va Roziya Raimqulova ijro etgan. Senariy hammuallifi va rejissyor yordamchisi BDKI Toshkent filiali talabasi Aleksandr Amelin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!