Rossiyaning Ukraina energetika tarmog‘iga hujumlari qancha zarar keltirdi?

Rossiyaning Ukraina energetika tarmog‘iga hujumlari qancha zarar keltirdi?

Ukraina energetika vaziri German Galushchenko so‘nggi oylarda Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga uyushtirgan yirik hujumlari oqibatlariga izoh berdi.

«Bugun biz milliard dollardan ortiq yo‘qotishlar haqida gapiryapmiz. Ammo hujumlar davom etmoqda va zarar ortishi aniq», — deya Galushchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukrinform.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yirik hujumlar natijasida issiqlik va gidroelektr ishlab chiqarish inshootlari, shuningdek, elektr uzatish tizimlari asosiy zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, har kuni turli turdagi energetika ob’ektlariga uchuvchisiz samolyotlar, ballistika yoki artilleriya tomonidan hujumlar davom etmoqda, dedi Galushchenko.

«Bugun tizim barqaror, ammo vaziyat ancha murakkab», - dedi vazir va iliq ob-havo vaziyatga yordam berayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, ba’zi hududlarda, xususan, har kuni Rossiya o‘qiga duchor bo‘lgan Xarkovda elektr ta’minoti cheklovlari amal qiladi.

Ukraina energetika xodimlari Rossiyaning ballistik raketa hujumlari Ukraina energetika tizimining yarmiga zarar yetkazganini ma’lum qildi.

NEK Ukrenergo boshqaruvi raisi Vladimir Kudritskiy issiqlik va gidroelektr stansiyalariga jiddiy zarar yetkazilishi sababli Ukraina energetika tizimida elektr quvvati taqchilligi ko‘p oylar davomida sezilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!