Qatar Xamas yetakchilariga yashash uchun boshqa joy topishni taklif qildi

Qatar Xamas yetakchilariga yashash uchun boshqa joy topishni taklif qildi

Qatar AQSh talabini bajarishga va zarurat tug‘ilganda Falastinning HAMAS terrorchilik guruhi yetakchilarini mamlakatdan chiqarib yuborishga tayyor. Bu haqda The Times of Israel manbalariga tayanib xabar berdi.

The Washington Post gazetasining yozishicha, aprel oyida AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Qatar rahbariyati bilan suhbatda, agar guruh bilan kelishuv bo‘yicha takliflarni rad etishda davom etsa, XAMAS rahbariyatini chiqarib yuborish zarurligini aytgan.

The Times of Israelning qayd etishicha, agar XAMAS tomonlar Qohirada muhokama qilishi rejalashtirilgan kelishuvni yana bir bor rad etsa, Vashington tegishli iltimos bilan Qatarga murojaat qilishi mumkin. Washington Post manbasining aniqlik kiritishicha, Qatar hukumati allaqachon Falastin guruhi vakillariga yashash uchun yangi joy tanlashni oldindan maslahat bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!