Ukraina bo‘yicha konferensiyaga Rossiya o‘rniga Hindiston va Xitoy taklif qilindi

Ukraina bo‘yicha konferensiyaga Rossiya o‘rniga Hindiston va Xitoy taklif qilindi

Shveysariya prezidenti Viola Amxerdning aytishicha, Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasiga Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika va Braziliya hamda Rim papasi Fransisk taklif etilgan. Jami 160 delegasiya kelishi kutilmoqda.

Tinchlik konferensiyasi 15-16 iyun kunlari Lyuserne yaqinida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya bu anjumanga taklifnoma olmadi. Avvalroq Kreml bu kabi tadbirlarning barchasi Rossiya Federasiyasi ishtirokisiz ma’nosiz ekanini bir necha bor ta’kidlagan edi. Xitoy hukumati ham ushbu anjumanga Rossiyani jalb qilishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!