Boeing ehtiyot qismlar yetishmasligiga duch keldi

Boeing ehtiyot qismlar yetishmasligiga duch keldi

Boeing kompaniyasi 787 Dreamliner samolyotini ishlab chiqarishda yangi muammolarga duch kelmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli uning qismlaridan biri yetishmayapti, deb The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kondisioner tizimlari uchun issiqlik almashtiruvchilari taqchilligi kuzatilmoqda. Sanksiyalar joriy etilishidan oldin ular HS-Nauka OAJ va Amerikaning RTX Collins Aerospace qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Rossiya-Ukraina urushi boshlangandan so‘ng, bu korxona yopilgan va ishlab chiqarish AQSh va Buyuk Britaniyadagi zavodlarga o‘tkazilgan, ammo ularning quvvatlari Boeing ehtiyojlari uchun yetarli emas.

Boeing’ning yetarlicha issiqlik almashtirgichlarni ishlab chiqara olmasligi kompaniya endilikda rejalashtirganidek ko‘plab Dreamliner’larni ishlab chiqarish va yetkazib bera olmasligini anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!