«G‘alaba bog‘i» tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yopiladi

«G‘alaba bog‘i» tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yopiladi

Bu haqida Mudofaa vazirligi huzuridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi ma’muriyati xabar berdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyi hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuni tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan xo‘jalik va dizinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 6-7 may kunlari «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi hududiga tashrif buyuruvchilarning kirishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!