Nokautli g‘alabalar bo‘yicha UFC rekordchisi Mett Braun faoliyatini yakunladi

Nokautli g‘alabalar bo‘yicha UFC rekordchisi Mett Braun faoliyatini yakunladi

Bu haqda aralash yakkakurashchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Yarimo‘rta vazn (77 kg.gacha) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelgan Mett Braun faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Amerikalik 43 yoshli Braun o‘rta vaznda nokautli g‘alabalar soni bo‘yicha UFC rekordchisi hisoblanadi.

"Men boshqa jang qilmayman. O‘yindan chiqdim. Bu faoliyatimni rasman yakunlaganim haqidagi qarorim. Bundan buyon e’tiborimni yosh avlodni tarbiyalash va tayyorlashga qarataman. Dana va UFC tashkilotiga o‘z brendimni yaratish uchun maydon taqdim etishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Oldinga yurish vaqti keldi", — deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar yozib qoldirgan Braun.

Ma’lumot uchun, Mett Braun janglarining 12 tasini nokaut bilan yakunlagan. Bu esa yarimo‘rta vazn toifasida UFC rekordi hisoblanadi. Barcha vaznlar bo‘yicha esa bu ikkinchi ko‘rsatkichdir. U UFC bayrog‘i ostida 2008-2024 yillar oralig‘ida jang qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!