Britaniya razvedkasi Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari soni ortishini tahmin qilmoqda

Britaniya razvedkasi Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari soni ortishini tahmin qilmoqda

Britaniya razvedkasi Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari soni ortishini tahmin qilmoqda.

"Yaqin ikki oy ichida Rossiya armiyasi Ukraina sharqida hujum amaliyotlarini kuchaytirishi kutilmoqda. Rossiya harbiy qo‘mondonligi qo‘shinlarning sifatiga emas, balki soniga tayangan holda urush olib borishda davom etadi, bu muqarrar ravishda katta yo‘qotishlarga olib keladi", deb yozadi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi yangi hisobotida.

Britaniya ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida Rossiya har kuni o‘rtacha 899 askarini yo‘qotgan. Urush boshlanganidan beri rus armiyasining yo‘qotishlari soni 465 mingga yaqinlashgan. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ham shunga yaqin raqamamlarni keltirmoqda.

Shu bilan birga, Londonning fikricha, Rossiya hali ham har oyda 30 ming askarni safarbar qilish orqali o‘z harbiy yo‘qotishlarini qoplashga qodir. Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlaridan askarlar, texnika va o‘q-dorilar soni bo‘yicha ustunligini saqlab qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!