Makron: Yevropaga Xitoy kerak

Makron: Yevropaga Xitoy kerak

Evropa davlatlariga Xitoy global muammolarni, jumladan, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishini hal qilish uchun kerak.

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «La Tribune» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bizga Xitoy ham iqlim, ham xavfsizlik masalalarida kerak. Fransiya va Yevropaning roli Xitoyning ushbu muhim masalalar bo‘yicha xalqaro munozaralarda ishtirok etishiga imkon beruvchi muvozanatlashuvchi kuch bo‘lishdir", dedi u.

Iqtisodiyot masalasida Makron Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirish orqali Yevropa suverenitetini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatladi.

"Men Xitoydan uzoqlashishni taklif qilmayman. Biroq, biz milliy xavfsizligimiz va suverenitetimizni himoya qilish uchun yaxshiroq ish qilishimiz kerak, deb o‘ylayman", dedi u.

Uning fikricha, Yevropa o‘z manfaatlarini himoya qilishi va voqealarga real qarashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!