EOII davlatlarining davlat siyosatini birlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiyaning kamayishiga olib keladi - ekspert

EOII davlatlarining davlat siyosatini birlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiyaning kamayishiga olib keladi - ekspert


Korrupsiya va unga qarshi kurash ham bir davlat, ham butun jahon iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ajralmas qismidir.

Turli xil konseptual yondashuvlar bu hodisani turli yo‘llar bilan tushuntiradi. Psixologik nazariyalar inson tabiatan zaif va oson pulga moyil ekanligini da’vo qiladi. Antropologik tushunchalar turli jamiyatlarda korrupsiyaning madaniy va tarixiy sabablariga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, institusional yondashuv mavjud bo‘lib, unda, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotdagi bo‘shliqlar birinchi o‘ringa qo‘yiladi, korrupsiya esa mavjud bo‘shliqlarni chetlab o‘tishning kompensasion mexanizmi hisoblanadi.

«Boshqacha qilib aytganda, agar davlat haddan tashqari tartibga solish va murakkab tartib-qoidalarni qo‘llasa, korrupsiya sxemalari muqarrar ravishda paydo bo‘ladi», deb ta’kidlaydi Sibir xalqaro tadqiqotlar jamiyati direktori Denis Borisov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!