G‘azo chegarasida 10 nafar Isroil askari yaralandi

G‘azo chegarasida 10 nafar Isroil askari yaralandi

G‘azo sektoridan o‘lkaning janubidagi Kerem Abu Salim hududidagi Isroil harbiy postiga otilgan raketa natijasida 3 nafari og‘ir yaralangan 10 askar tan jarohati oldi.

Isroil davlat televideniyesi KAN ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylarining raketa otishi natijasida 10 kishi jarohatlangan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati hujum bilan bog‘liq bayonotda, Rafah chegara darvozasi hududidan Kerem Abu Salim hududi tomon 10 ga yaqin raketa otilganini bildirdi.

Hujum tufayli Kerem Abu Salim chegara punkti insonparvarlik yordam yuk mashinalarining G‘azoga o‘tishi uchun yopiq.

Guvohlarning qayd etishicha, Isroil samolyotlari so‘z yuritilayotgan voqeadan so‘ng Rafah shahri atrofidagi qishloq xo‘jaligi hududlariga hujum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!