Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 25 falastinlik qo‘lga olindi

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 25 falastinlik qo‘lga olindi

Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 25 nafar Falastinlikni qo‘lga oldi.

Falastin Ozodlik Tashkiloti Falastinlik Asirlar Qo‘mitasi va Falastin Mahbuslar Jamiyatining qo‘shma yozma bayonotida, Isroil kuchlarining juma va shanba kunlari G‘arbiy Sohilda 25 nafar Falastinlikni qo‘lga olgani bildirildi.

Bayonotda hibsga olishlarning G‘arbiy Sohildagi Nablus, Jenin, Qalqilya, Tulkerem, Ramallah, Yerixo, Hebron va Sharqiy Quddus shaharlarida amalga oshirilgani bildirildi. Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini boshlagan 2023 yil 7-oktabrdan buyon bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qo‘lga olingan falastinliklar soni 8575 nafarga yetdi.

Bayonotda, shuningdek, hibsga olinganlar orasida ayollar, bolalar va avval ozod qilingan sobiq mahbuslar ham borligi bildirildi.

Ko‘rib chiqilayotgan statistik ma’lumotlarga 7-oktabrdan beri hibsga olinganlar va keyinroq qo‘yib yuborilganlar kiradi.

2023 yilning 7-oktabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum boshlaganidan buyon bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarni qo‘lga olish, reydlar va hujumlar soni ortgan.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil askarlari va noqonuniy yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 496 nafar falastinlik halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!