Isroil Xamasning navbatdagi hujumidan so‘ng G‘azo sektori bilan chegara punktini yopdi

Isroil Xamasning navbatdagi hujumidan so‘ng G‘azo sektori bilan chegara punktini yopdi

5 may, yakshanba kuni Xamas jangarilari Isroilning Kerem Shalom chegara punktiga raketa zarbalari berdi, u orqali insonparvarlik yordami G‘azo sektoriga kiradi. XAMASning harbiy qanoti hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va raketa hujumi Isroil askarlarini nishonga olganini aytdi.

Isroilning Ynet nashri terrorchilar G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridan Kerem Shalom tomon 10 ga yaqin raketa otganini yozdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida chegara punktida bo‘lgan bir necha kishi jarohatlangan. Shundan so‘ng Isroil hukumati chegara punktini vaqtincha yopishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!