Navbat Gaitiga: Mamlakatda kuchli yomg‘irlar tufayli 13 kishi halok bo‘ldi

Navbat Gaitiga: Mamlakatda kuchli yomg‘irlar tufayli 13 kishi halok bo‘ldi

Gaiti shimolida kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, minglab uylarga zarar yetdi, deb xabar beradi Reuters.

Meteorologiya xizmati mamlakatning deyarli barcha hududlarida juma oqshomiga qadar chaqmoq xavfi borligidan ogohlantirdi. Suv toshqini ham mumkin.

Gaitining favqulodda vaziyatlar agentligi payshanba kuni bergan bayonotida, janubi-sharqdagi Kap-Aityen mintaqasida yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chki bir necha uyni vayron qildi va 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

2 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan.

Favqulodda vaziyatlar agentligi mamlakat shimolida ko‘plab chorva mollari nobud bo‘lganini, markaziy hududlarda fermer xo‘jaliklari vayron bo‘lganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!