AQShning sobiq josusi: Markaziy razvedka boshqarmasi Gruziyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi

AQShning sobiq josusi: Markaziy razvedka boshqarmasi Gruziyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Gruziyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi.

«Report» xabariga ko‘ra, bu fikrni amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritter bildirgan.

Ritterning ishonchi komilki, Gruziyadagi tartibsizliklar asta-sekin kuchayib, kuzgacha davom etadi.

“G‘oya «Gruziya orzusi» partiyasini yiqitish, toki oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Markaziy razvedka boshqarmasi provokatorlari g‘alaba qozonsin”, - deydi ekspert.

AQSh razvedkachisining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik razvedka xodimlari tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish Gruziyada kuzatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!