BAA G‘azoga 400 tonna gumanitar yordam yetkazdi

BAA G‘azoga 400 tonna gumanitar yordam yetkazdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) G‘azo sektoriga Falastin anklavidagi aholiga gumanitar yordam sifatida 400 tonna oziq-ovqat yetkazib berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Yuk tashish Amerikaning “American Near East Refugee Aid” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Yetkazib berilgan gumanitar yordam partiyasi G‘azoning shimoliy qismi aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 120 mingga yaqin odamni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

Agentlikka ko‘ra, 2023 yilda G‘azoda Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvining navbatdagi bosqichi boshlanganidan beri BAA G‘azoga 31 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib bergan. Bundan tashqari, BAA G‘azo sektorida beshta avtomatlashtirilgan novvoyxona qurdi va oltita tuzsizlantirish zavodini o‘rnatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!