O‘zbekiston delegasiyasi IHT sammitida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi IHT sammitida ishtirok etmoqda

Gambiya Respublikasi poytaxti Banjul shahrida Islom hamkorlik tashkilotining 15-sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov boshchiligidagi parlament delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Gambiya Respublikasi Parlamenti Spikeri o‘rinbosari Sidi Njiye bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga e’tibor qaratilib, konstruktiv ruhdagi muloqotni yo‘lga qo‘yish, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Delegasiyaning tashrifi davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!