Donald Tramp Jo Bayden boshqaruvini Gestapoga qiyosladi

Donald Tramp Jo Bayden boshqaruvini Gestapoga qiyosladi

AQSh prezidentligiga nomzod Donalmd Tramp Jo Bayden hukumati va nasistlar maxfiy polisiyasi o‘rtasida tarixiy o‘xshashlik ko‘rsatdi. Amerika OAVlari xabar berishicha, AQShning sobiq prezidenti Floridadagi Mar-a-Lago mulkida yopiq xayriya yig‘ilishida nutq so‘zlaganida shunday o‘xshatgan.

Gestapo maxfiy davlat polisiyasi 1933 yildan 1945 yilgacha Adolf Gitlerning nasistlar rejimi davrida mavjud bo‘lgan. Gestapo xodimlari Gitlerning siyosiy raqiblarini repressiya qilish bilan shug‘ullangan, shuningdek, yahudiylarni ta’qib qilish va yo‘q qilishda qatnashgan.

Amerika ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, Bayden ma’muriyatini nasistlar bilan solishtirish Trampning uzoq davom etgan tiradining bir qismi bo‘lgan. Unda u jinoiy ta’qib qilishni «g‘alaba qozonishning yagona yo‘li» deb bilgan, unga qarshi to‘rtta jinoiy sud jarayoni ortida hozirgi hukumat turganini ta’kidladi.

AQShda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Donald Trampning raqibi AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!