Yaponiyada tishlarni o‘stiradigan dunyodagi birinchi dori yaratildi

Yaponiyada tishlarni o‘stiradigan dunyodagi birinchi dori yaratildi

Yaponiyaning Toregem Biopharma kompaniyasi stomatologik implantlarga muqobil — yangi tishlarning o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi genni bostiruvchi antitellar asosidagi preparatni ishlab chiqdi. U 2030 yilgacha bozorga chiqarilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Yaponiya OAV.

Preparat hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan, unda u hech qanday jiddiy yon ta’sirga olib kelmasdan tish o‘sishini rag‘batlantirgan.

Kompaniya 2024 yil iyulida insonlarda sinovlarni boshlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Japan Times. U shifokorlar nazorati ostida sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan bemorlarda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, preparat tug‘ma tishlari yo‘qolgan odamlar, shuningdek, ularning o‘sishining buzilishiga olib keladigan anodontiya kasalligi bilan og‘riganlar uchun yaratilgan. Kariyesga moyillik tufayli tishlarini yo‘qotganlar ham in’eksiyaga murojaat qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!