YPX inspektorlarining to‘xtash ishorasiga buysunmagan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi

YPX inspektorlarining to‘xtash ishorasiga buysunmagan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqam belgisi 01 H 828 HB bo‘lgan Malibu 2 rusumli avtomashina haydovchisi Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga buysunmasdan harakatlanganligi aks etgan video tarqalgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi tomonidan surishtiruv olib borilib, haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 194-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi va haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!