Amerikaliklar Isroilga snaryadlar yetkazib berishni to‘xtatdi

Amerikaliklar Isroilga snaryadlar yetkazib berishni to‘xtatdi

Amerika ma’muriyati 2023 yil 7-oktabrdan beri ilk bor Isroilga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Axios portali ikki Isroil rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Isroil rasmiylarini jiddiy xavotirga solgan va ular snaryadlarni yetkazib berishdagi kechikish sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga tashrifi chog‘ida yahudiy davlati bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Rafahdagi harbiy operasiya yuzasidan «qattiq suhbat» o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!