Professional boks: Olimjon Nazarov raqibini nokaut qildi, Ismoilov jangida esa durang

Professional boks: Olimjon Nazarov raqibini nokaut qildi, Ismoilov jangida esa durang

Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida navbatdagi professional boks yakuniga yetdi.

"Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu prof boks oqshomida ikki charm qo‘lqop ustamiz Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham ringga ko‘tarildi. Yengil vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (11-2-1)ga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-3) raqiblik qildi. Sakkiz raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan durang natija qayd etildi.

O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (31-5-0) esa tailandlik Saravut Jiamtong (11-5-0) bilan to‘qnash keldi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang o‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan WBO International kamari uchun kechdi. Jangning uchinchi raundida Nazarov raqibini nokautga uchratib, o‘z kamarlari sonini 2 taga yetkazib oldi.

Manba: O‘zbekiston professional boks federasiyasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!