“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditni talon-toroj qilish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” va “D.” MCHJ rahbari J.A. ATB “Agrobank” To‘raqo‘rg‘on filiali mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 25 nafar fuqaroga ajratilgan 669,4 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyatlar hisob raqamiga o‘tkazib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.