Tadbirkorning iste’mol krediti mablag‘ini o‘zlashtirgan bank xodimi va fuqaroning firibgarliklari fosh etildi

Tadbirkorning iste’mol krediti mablag‘ini o‘zlashtirgan bank xodimi  va fuqaroning firibgarliklari fosh etildi

Toshkentda bank xodimi tadbirkorning iste’mol krediti mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda "aniq.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.N. AT “Xalq banki” xodimi A.K. bilan oldindan til biriktirib, “G‘” MCHJ rahbari va fuqaro G.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga rasmiylashtirilgan 60 mln so‘m iste’mol krediti mablag‘ini naqdlashtirib olib, o‘zlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.K. va T.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!