Tadbirkor 200 million so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi

Tadbirkor 200 million so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi

Bugungi kunda Biznes ombudsman tadbirkorlarning ishonchli vakiliga aylanib ulgurgan. Noqonuniy tekshiruvlar, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida “Tadbirkor virtual ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tarmoqqa tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va ularning ko‘rib chiqilishi jarayoni doimiy nazorat qilib boriladi.

Biznes-ombudsmanga Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Milliy taomlar” (nomi o‘zgartirilgan) mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Aniqlanishicha, korxona barcha talablarga asosan faoliyat yuritib, gaz hisoblagichni qonuniy ravishda o‘rnatgan va servis xizmati shartnomasiga ega bo‘lgan. 2024 yil 28 mart kuni “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda dalolatnoma asosida 231 million so‘m qarzdorlik hisoblangan.

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan “O‘zenergoinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada haqiqiy qarzdorlik 33 million so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Tadbirkor noqonuniy hisoblangan 200 million so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!