Sud Panama hujjatlari ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilarni oqladi

Sud Panama hujjatlari ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilarni oqladi

Panama sudi ayblov tomoni Mossack Fonseca kompaniyasi asoschilarining pul yuvish va chet ellik mijozlarga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda yordam berishda ishtiroki haqida yetarlicha ishonchli dalillar keltirmaganini aniqladi. Bir qator to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar sudda uning haqiqiyligiga shubha tug‘dirdi va kompaniyaning aybdorligi haqidagi bilvosita dalillar yetarli darajada kuchli emasligi sababli rad etildi. Shu sababli bu ish bo‘yicha barcha 28 ayblanuvchi sud tomonidan oqlandi.

Panamadagi offshor kompaniyalar haqida “Panama hujjatlari” deb nomlangan hujjatlar orqali ma’lum bo‘lgan edi. 2016 yilning aprel oyida dunyoning bir qator yirik ommaviy axborot vositalari offshor kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan Mossack Fonseca kompaniyasining ichki hujjatlari tahlili asosidagi tekshiruvni e’lon qilgan edi. Ushbu hujjatlarda dunyoning turli davlatlaridagi siyosatchilar, ishbilarmonlar va mashhur shaxslarga shubhali tranzaksiyalardan o‘nlab milliard dollar ishlab olish imkonini bergan kompaniyalar haqida ma’lumotlar bor edi.

Umuman olganda, “Panama hujjatlari”ga 140 ta davlat rahbarlari va boshqa taniqli siyosatchilar, shuningdek, 200 ta davlatdan 240 ming ofshor kompaniyalar kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!