Toshkentda avtoturargohlarni bron qilish imkoniyati yaratilishi mumkin

Toshkentda avtoturargohlarni bron qilish imkoniyati yaratilishi mumkin

Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov iCell kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida yo‘l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investisiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vengriya kompaniya tomonidan jadal rivojlanayotgan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda ular uchun haq to‘lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan.

Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganish va Toshkent shahrining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari, ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar dispozisiyasiga oid o‘zgartishlar kiritilishi muhim ahamiyatga ega.

2023 yilning yanvarida Toshkent shahar hokimligi markaziy ko‘chalarda avtomobillar uchun pullik to‘xtash joylarini joriy etishni tasdiqlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!