«SIRENA» yoki «MIGALKA» o‘rnatishga ruxsat berildi degan xabarlar rostmi?

A A A
«SIRENA» yoki «MIGALKA» o‘rnatishga ruxsat berildi degan xabarlar rostmi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 1 yanvardan «SIRENA» yoki yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha «MIGALKA» o‘rnatish uchun 1 yiliga BXMning 50 foizi (1 431 660 so‘m) miqdorida pul to‘lab ruxsatnoma berilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo bu xabarlar yolg‘on!

Aniqrog‘i, xabarni tarqatganlar 30 noyabr kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorini noto‘g‘ri talqin qilishgan, ya’ni tushunishmagan. Unda sirena va migalka o‘rnatish mashinanin qayta jihozlash deb hisoblanishi yozilgan, xolos. Ruxsat berilgani to‘g‘risida hech qanaqa gap yo‘q.

Boz ustiga bazaviy hisoblash miqdorining 50%i 115 ming so‘m bo‘ladi. Qavs ichidagi 1 431 660 so‘m miqdorni qayerdan olishgan, Xudo biladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga binoan, maxsus ruxsat etilmagan mashinalardan boshqasiga sirena va migalkalar o‘rnatganlik uchun 223 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha jarima solinadi.

IIV YHXBB ham bu xabarlarning feyk ekanligini ma’lum qildi.

Xabarlarga ishonib qolmang!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!