Shimoliy Koreya Sharqiy Ukrainaga qo‘shin yuboradimi?

Shimoliy Koreya Sharqiy Ukrainaga qo‘shin yuboradimi?

Pxenyan Ukrainadagi rus qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining harbiy muhandislik bo‘linmalarini yuborishga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning TV Chosun telekanali Seuldagi rasmiy vakiliga tayanib.

Telekanalning qayd etishicha, KXDR qurolli kuchlarida 10 ta muhandislik brigadasi mavjud. TV Chosun hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan ushbu brigadalardan uch yoki to‘rttasini Ukrainaning bosib olingan hududlariga yuborishi mumkin. Buning evaziga Rossiya Federasiyasi Pxenyanga kamida 115 million dollar to‘lashi mumkin, deya qayd etadi telekanal.

Shimoliy Koreyaning muhandislik yordami Rossiya jangovar kuchlariga asosiy e’tiborni front chizig‘idagi jangovar harakatlarga qaratish, shuningdek, Ukraina sharqidagi hujum zonasini kengaytirish imkonini berishi mumkin. Ushbu hamkorlikning mumkin bo‘lgan natijasi Moskvaning bosib olingan hududlardagi harbiy harakatlarining operativ samaradorligini oshirish bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!