Sergeli tumani hokimi lavozimidan ketdi

Sergeli tumani hokimi lavozimidan ketdi

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Abduvaxitovich Shamuratov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgan, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Murod Turg‘unovich Isaboyev Sergeli hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Shamuratov 2019 yil sentyabr oyida Sergeli tumani hokimi bo‘lgan. Ilgari Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlagan.

Suratda Baxtiyor Shamuratov chap tomonda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!